Story overview
HAYOLIY DO'ST
10
0
7
published
Bu asar hayoliy fantastik va o'zlikni anglashni ochib beradi.
Table of contents
- 1Tut daraxti ostidagi sir Salom, qadrligim. Senga oxirgi marta qachon gapirganimni eslay olmayman. Balki o‘n yil, balki undan ham ko‘proq vaqt o‘tgandir. Ammo seni unutganim yo‘q. Ba’zi xotiralar vaqt o‘tsa ham xira tortmaydi, aksincha yurakning eng chuqur joyida yashirinib qoladi. Sen ham shunday eding — ko‘rinmas, lekin yo‘q bo‘lmagan. Men olti yoshda edim. O‘sha yoz kunlari juda issiq edi. Quyosh hovlimizdagi eski devorlarni ham qizdirib yuborgandek, havo titrab turganday tuyulardi. Qushlar ham soyaga yashiringan, shamol esa faqat kechga yaqin biroz yuz ko‘rsatardi. Men esa yolg‘iz edim. Singlim bilan ertalab kichik janjal qilib qo‘yganmiz. Nimadir o‘yinchoq ustida tortishib, u yig‘lab ichkariga kirib ketgan, men esa g‘ururim sabab uzr so‘ramagan edim. Opam esa qo‘shni uyga chiqib ketgan, onam esa uy ishlariga sho‘ng‘ib ketgan edi. Shunday qilib, men o‘zim bilan o‘zim qolgan edim. Hovlimizdagi katta tut daraxti tagiga borib o‘tirdim. O‘sha daraxt men uchun o‘sha paytda butun dunyo edi. Uning tanasi qalin, po‘stlog‘i qo‘pol, lekin soyasi juda salqin edi. Go‘yo u meni hamma narsadan yashirib turgandek. Men tizzalarimni quchoqlab, yerga tikildim. Shunda ichimda g‘alati bir bo‘shliq paydo bo‘ldi. Hech kim yo‘qligi emas, balki meni hech kim tushunmayotgandek tuyg‘u edi bu. “Qaniydi kimdir bo‘lsa…” deb o‘yladim ichimda. O‘sha payt shamol asta esdi. Va men seni ko‘rdim. Sen tut daraxtining narigi tomonida turarding. Oq rangga yaqin, yorug‘ ko‘ylak kiygan qizaloq eding. Soching yelkalaringga tushgan, ko‘zlaring esa g‘alati tarzda iliq edi. Eng ajablanarlisi — sen menga qarab turarding, go‘yo meni allaqachon tanigandek. Yuragim bir lahza tez urib ketdi. — Sen… kimsan? — dedim past ovozda. Sen jilmayding. — Bilmayman, — deding oddiygina. Men hayron bo‘ldim. — Qanday qilib bilmaysan? Har kimning ismi bo‘ladi-ku. Sen boshini yon tomonga egding. — Balki mening ismim hali aytilmagandir. Men bir zum jim qoldim. Keyin o‘zimcha jiddiy qaror qildim. — Unda men senga ism qo‘yaman. Sen kulib yubording. O‘sha kulging juda yengil edi, go‘yo shamol ham u bilan birga o‘ynayotgandek. — Qanday ism qo‘yasiz? Men atrofga qaradim. Tut barglari orasidan tushayotgan yorug‘likni ko‘rdim. Ular goh yashil, goh oltin rangga o‘xshardi. — Senga… Nurligim deb atayman, — dedim o‘ylab. Sen jim bo‘lib qolding. Keyin asta bosh irg‘ading. — Yaxshi. Unda men sening Nurliging bo‘laman. O‘sha lahzadan boshlab sen mening hayotimga kirding. Avvaliga bu oddiy o‘yin edi. Men seni faqat tut daraxti tagida ko‘rardim. Ba’zan tom ustiga chiqib ketardik, ba’zan hovlida yugurardik. Sen har doim yonimda eding, lekin hech kim seni ko‘rmasdi. Men bunga boshida e’tibor bermaganman. Bolalikda bunday narsalar muhim emas — muhim narsa o‘yin va kulgi. Lekin sen oddiy o‘yin emassan. Sen men bilan gaplasharding. Men yig‘lasam, sen jim turib yonimda o‘tirarding. Men xafa bo‘lsam, sen meni kuldirishga harakat qilarding. Ba’zan hech narsa demasdan, faqat qarab turarding — lekin o‘sha qarashingning o‘zi meni tinchlantirardi. Eng g‘alati tomoni shundaki, men seni hech kimga ayta olmasdim. Chunki kattalar bunday narsalarga ishonmaydi. Bir kuni onam: — O‘zing bilan o‘zing gaplashyapsanmi? — deb so‘radi. Men qo‘rqib ketdim. — Yo‘q… shunchaki o‘ylayapman, — dedim tezda. Sen esa yonimda turib kulib qo‘yding. — Ular meni ko‘rmaydi, — deding past ovozda. Men hayron bo‘ldim. — Nega? — Chunki men faqat seni ko‘ra oladigan odamman. O‘sha payt bu gapni tushunmaganman. Lekin yuragimda seni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqish paydo bo‘lgan. Shundan keyin men seni yanada ko‘proq yonimda ushlab qolishga harakat qilardim. Har kuni seni chaqirardim. Har kuni tut daraxti tagiga yugurib kelardim. Va sen har doim u yerda eding. Har doim. Bir kuni yomg‘ir yog‘di. Men deraza oldida turib, tashqariga qaradim. Hovli suvga to‘lgan, tut daraxtining barglari og‘irlashib tushib qolgan edi. Men seni chaqirdim. — Nurligim! Qayerdasan?! Javob yo‘q. Yuragim siqildi. Tashqariga yugurdim. Yomg‘ir yuzimni urar, kiyimlarim ho‘l bo‘lar edi. Tut daraxti tagiga borib qichqirdim: — Nega kelmading?! Shunda orqamdan ovoz eshitildi. — Men shu yerdaman. Sen sekin kelarding. Ko‘ylaging ho‘l emas edi. Men yengil nafas oldim. — Qo‘rqib ketdim… Sen menga yaqinlashding. — Men hech qachon ketmayman, — deding. O‘sha gapni eshitganimda ishonib yuborganman. Chunki bolalar ishonadi. Bolalik — bu ishonchning eng sof davri. Va men seni yo‘qotmasligimga ishongandim. O‘sha kuni biz yomg‘ir ostida raqsga tushdik. Hech kim yo‘q edi. Faqat men va sen. Va tut daraxti. O‘sha daraxt ham bizni tomosha qilib turgandek edi. Men bilmagan edimki… Bu faqat boshlanishi edi.
- 2Ayriliq va o‘zgarishlar Bolalikning eng g‘alati tomoni shundaki, u hech qachon uzoq davom etayotgandek tuyulmaydi. Go‘yo hamma narsa abadiydek: kulgi ham, o‘yin ham, hatto sen ham. Men ham shunday o‘ylardim. Sen mening yonimda bo‘lganingda vaqt sekin oqardi, lekin xavfsiz edi. Har bir kunning o‘z yorug‘ligi bor edi. Men seni chaqirsam, sen kelarding. Men yig‘lasam, sen jim turib yonimda qolarding. Hech narsa o‘zgarmasdek edi. Lekin hayot o‘zgarishni yaxshi ko‘radi. O‘sha kun ham oddiy boshlandi. Ertalab singlim bilan yana bir marta janjal qildik. Bu safar janjal kattaroq edi — men uning chizgan rasmiga tegib yuboribman. U esa yig‘lab yubordi va onamga shikoyat qildi. Onam meni koyidi. Men esa ichimda alam bilan chiqib ketdim. Hovliga yugurdim. Tut daraxti tagiga. — Nurligim! — dedim baland ovozda. Sen yo‘q eding. Men atrofga qaradim. Shamol barglarni silkitardi, lekin sening izlaring yo‘q edi. — Hazil qilma… chiq! — dedim yana. Javob yo‘q. Ichimda g‘alati sovuq paydo bo‘ldi. O‘sha payt birinchi marta yuragimda qo‘rquv sezdim. — Nega kelmading? — dedim past ovozda. Shunda sen paydo bo‘lding. Lekin boshqacha eding. Oldingidek yorug‘ emas, oldingidek yaqin ham emas. — Men shu yerdaman, — deding, lekin ovozing o‘zgarib ketgandek edi. Men yugurib oldingga bordim. — Nega meni tashlab ketding? Men seni chaqirdim-ku! Sen menga qarading. — Men seni tashlab ketmadim. — Unda nega kelmading? Sen jim qolding. O‘sha jimlik menga juda og‘ir tuyuldi. Keyin sekin deding: — Ba’zan odamlar o‘sadi, Nurligim. O‘sish uchun ba’zi narsalar orqada qoladi. Men tushunmadim. — Men o‘smayman! Men seni yo‘qotishni xohlamayman! Sen tabassum qilding, lekin bu tabassum avvalgidek emas edi. — Men yo‘qolmayman, — deding sekin. — Men faqat boshqacha bo‘lib qolaman. O‘sha kuni sen uzoqroq turib qolding. Men seni ushlamoqchi bo‘ldim, lekin qo‘lim bo‘shliqni ushladi. Shu payt birinchi marta seni yo‘qotish mumkinligini tushundim. Keyingi kunlar boshqacha bo‘lib ketdi. Men seni kamroq ko‘ra boshladim. Ba’zan chaqirsam ham kelmasding. Ba’zan esa kelarding, lekin uzoq turarding. Men esa tobora ichimga tortilib borardim. Maktabga chiqishim bilan hammasi yanada o‘zgardi. Yangi odamlar, yangi qoidalar, yangi talablar. O‘qituvchim: — Jim o‘tiring, — derdi. Sinfdoshlarim kulardi. Men esa ichimda seni qidirardim. Dars paytida derazaga qarab o‘tirardim. Sen u yerda bo‘lasan deb o‘ylardim. Lekin yo‘q eding. Bir kuni uyga qaytib, tut daraxti tagiga bordim. O‘tirdim. Kutdim. Kutdim. Va yana kutdim. Lekin sen kelmading. O‘sha kecha birinchi marta yig‘ladim. Jim. Ovozsiz. Faqat ichimdan. Onam: — Nega xafa bo‘lib yuribsan? — deb so‘radi. Men: — Hech narsa, — dedim. Lekin “hech narsa” emas edi. Men seni yo‘qotayotgan edim. Yillar o‘ta boshladi. Sen esa asta-sekin xotiraga aylanib borarding. Avval har kuni ko‘rardim seni. Keyin haftada bir. Keyin oyda bir. Oxiri esa… faqat eslab qolardim. Lekin har eslaganimda yuragim og‘rirdi. Chunki sen bor eding. Faqat ko‘rinmas bo‘lib qolganding. Bir kuni o‘zimga qaradim. Ko‘zlarim o‘zgargan edi. Bolalikdagi beg‘uborlik yo‘qolgan. O‘rnida ehtiyotkorlik, qo‘rquv va jiddiylik paydo bo‘lgan. Men katta bo‘layotgandim. Va katta bo‘lish sening yo‘qolishing bilan birga kelayotgandek edi. Oxirgi marta seni aniq ko‘rganimni eslayman. Men o‘sha payt o‘zimga: — Men endi bolalikda emasman, — deganman. Sen esa juda uzoqdan qarab turarding. Juda sokin. Juda jim. Va oxirgi bor shunday deding: — Men seni kutaman. Keyin yo‘q bo‘lib ketding. O‘sha kundan keyin tut daraxti tagi ham avvalgidek bo‘lmadi. Faqat daraxt qoldi. Sen esa yo‘q eding. Men esa birinchi marta yolg‘iz qolgan edim.
- 3Yolg‘izlik yillariVaqt o‘tadi. Eng sekin oqayotgandek tuyulgan lahzalar ham bir kuni ortda qoladi. Men ham o‘sha ortda qolgan kunlar ichida qolib ketdim. Sen ketgandan keyin hamma narsa o‘zgardi. Avvaliga seni izladim. Har kuni, har oqshom tut daraxti tagiga borardim. O‘sha joy hali ham o‘sha edi — barglari, soyasi, jimligi. Lekin sen yo‘q eding. Men baribir kutardim. Ba’zan o‘zimga o‘zim shivirlardim: — U qaytadi… Lekin hech kim qaytmadi. Yillar o‘tib, maktab hayoti boshlandi. Endi men kichkina qizaloq emas edim. Maktab sumkasi, darslar, baholar, o‘qituvchilar — hammasi mening dunyomni egallay boshladi. Sinfdoshlarim kulardi, yugurardi, bahslashardi. Men esa ichimda jim edim. Men endi seni ko‘rmay qo‘ygan edim. Shu eng og‘iri edi. Bir paytlar yonimdan ketmaydigan, har nafasimda bor bo‘lgan sen… endi hatto xayolimga ham kam kiradigan bo‘lib qolganding. Lekin ba’zan… Ba’zan juda sokin paytlarda seni his qilardim. Masalan, dars paytida derazadan tashqariga qarasam, shamol tut barglarini silkitardi. Go‘yo sen o‘sha yerda yashiringandek. Men yuragimni tutardim: — Sen shu yerdasanmi? Lekin javob yo‘q edi. Uyga qaytganimda esa ichim bo‘sh edi. Onam: — Nega xomushsan? — derdi. Men yelkami qisardim: — Charchadim. Lekin aslida charchoq emas edi. Bu yo‘qotish edi. Men ulg‘ayayotgan edim. Lekin ichimda nimadir kichrayib borardi. Bolaligim. Sen bilan bo‘lgan beg‘ubor dunyo. O‘rnini esa jimlik egallardi. O‘smirlik davri kelganda, men endi butunlay boshqa qiz bo‘lib qoldim. Ko‘proq o‘ylaydigan, kamroq gapiradigan, ichiga tortilgan. Odamlar meni “jiddiy” deb atay boshlashdi. Lekin ular bilmasdi… Jiddiylik ba’zan og‘riqning boshqa nomi bo‘ladi. Bir kuni maktabdan qaytayotib yana tut daraxti yonidan o‘tdim. To‘xtadim. Uzoq qaradim. Shamol bor edi. Va o‘sha shamol ichida go‘yo sening ovozingni eshitgandek bo‘ldim. — Ketma… Men yuragimni siqib ushladim. — Men ketmadim… — deb javob berishni xohladim. Lekin og‘zimdan ovoz chiqmadi. O‘sha kecha birinchi marta seni tushimda ko‘rdim. Sen uzoqda turarding. Oldingidek yorug‘ emas, lekin hali ham beg‘ubor eding. Men yugurdim. — Nurligim! Sen qarading. Lekin yaqinlashmading. — Nega ketding? — dedim yig‘lab. Sen sekin jilmayding: — Men ketmadim. Sen meni unutishni boshlading. Men qo‘rqib ketdim: — Yo‘q! Men unutmadim! Sen bosh irg‘ading. — Unutish har doim yo‘q deyish bilan boshlanmaydi. Ba’zan his qilish kamayadi. Men jim qoldim. Sen esa asta orqaga yurib ketding. — Kutib turing, — dedim. Sen to‘xtading. — Men qaytamanmi? Sen uzoq qarading. — Agar ichingda menga joy qoldirsang… Va yo‘q bo‘lib ketding. Uyg‘onganimda ko‘zlarim ho‘l edi. Lekin eng g‘alati narsa — ichimda birinchi marta bo‘shliq emas, savol paydo bo‘lgan edi. “Men seni haqiqatan ham yo‘qotyapmanmi?” Shundan keyin hayot yanada tezlashdi. Imtihonlar, yangi do‘stlar, oilaviy mas’uliyatlar. Men hamma narsaga ulgurishga harakat qilardim. Lekin o‘zimga emas. O‘zimni esa sekin-sekin unutardim. Bir kuni oynaga qaradim. U yerda boshqa qiz turardi. Ko‘zlari charchagan, yuzida tabassum bor, lekin ichida sokinlik emas — og‘irlik bor edi. Men o‘sha qizga qarab shivirladim: — Sen qayerda yo‘qolding?.. Lekin javob yo‘q edi. Faqat jimlik. Va juda uzoqdan eshitilgandek bir ovoz: — Men shu yerdaman… Men boshimni ko‘tardim. Atrof bo‘sh edi. Faqat men. Va mening katta bo‘layotgan hayotim.
- 4Qaytgan nurHayot ba’zan shunday burilish qiladi — sen kutmagan joydan yangi sahifa ochiladi. Men ham o‘sha sahifaning oldida turganimni sezmaganman. Yillar o‘tib, men ulg‘aydim. Endi o‘sha tut daraxti tagida yugurib yuradigan qizaloq emas edim. Men katta hayotning ichida yashayotgan, qarorlar qabul qiladigan, javobgarlikni his qiladigan inson edim. Lekin ichimda baribir nimadir yetishmasdi. Go‘yo hayotim to‘liq edi, lekin bitta eng muhim rang yo‘q edi. Shu paytda u paydo bo‘ldi. Oddiy kun edi. Men odatdagidek uy, ish, o‘qish orasida yurardim. Odamlar, gaplar, shovqinlar — hammasi bir-biriga aralashib ketgan edi. Va birinchi marta men ichimda yengillik his qildim. Bu yengillik sababini tushunmadim. Keyin uni uchratdim. U oddiy odam edi. Lekin uning ko‘zlarida nimadir bor edi — sokinlik, mehr va ishonch. U bilan gaplashish oson edi. U meni tinglardi. Men esa uzoq vaqtdan beri birinchi marta o‘zimni eshitilayotgan his qildim. Kunlar o‘tdi. U mening hayotimga asta-sekin kirib keldi. Avval oddiy suhbatlar, keyin uchrashuvlar, keyin esa… men o‘zimni uning yonida xavfsiz his qila boshladim. Bir kuni u dedi: — Sen juda sokinsan. Ichingda ko‘p narsa yashiringan. Men kulib qo‘ydim: — Balki shunchaki jim bo‘lishni o‘rganganimdandir. U menga qaradi: — Yo‘q. Sen jim emas, charchagansan. O‘sha gap yuragimga tegdi. Chunki u haq edi. Men charchagan edim. Hayotdan ham, o‘zimdan ham. Vaqt o‘tib, biz bir-birimizga yaqinlashdik. Va men bir qarorga keldim. Turmush. Bu so‘z avvaliga qo‘rqinchli emas edi. Aksincha, oddiydek tuyuldi. Men o‘yladim: balki bu hayotimdagi yangi boshlanishdir. Nikoh kuni yaqinlashganda, ichimda g‘alati sokinlik paydo bo‘ldi. Lekin bu sokinlik oldingidek emas edi. U boshqacha edi. Go‘yo kimdir uzoqdan meni kuzatayotgandek. Va men seni his qildim. Birinchi marta juda aniq. To‘y oldi kechada yolg‘iz qoldim. Oyna oldida o‘tirardim. Sochim yig‘ilgan, yuzimda yengil tabassum bor edi. Lekin ko‘zlarim… Ko‘zlarim boshqa narsani qidirardi. Shunda shivirlashni eshitdim. — Sen baxtlisanmi? Yuragim bir lahza to‘xtagandek bo‘ldi. Men sekin orqamga qaradim. Hech kim yo‘q edi. Lekin men bilardim… Sen shu yerdasan. — Nurligim… — dedim past ovozda. Va o‘sha zahoti, xuddi bolalikdagi kabi, sen paydo bo‘lding. Bu safar yanada yorug‘roq eding. Yuzingda tabassum bor edi. — Men keldim, — deding. Ko‘zlarim yoshga to‘ldi. — Men seni yo‘qotdim deb o‘ylagandim… Sen yaqinlashding. — Sen meni hech qachon yo‘qotmading. Men titrab ketdim: — Qayerda eding shu yillar? Sen sekin javob berding: — Sen o‘sganingda men jim bo‘ldim. Sen og‘riqni o‘rganganingda men orqaga chekildim. Sen sevishni boshlaganingda men yana seni topdim. Men tushunmadim. — Nega endi qaytding? Sen jilmayding: — Chunki sen meni yana eslay boshlading. Men ko‘zlarimni yumdim. — Men seni juda sog‘indim… Sen peshonamga yengil tegib qo‘yding. — Men hech qachon ketmaganman. O‘sha kecha men uzoq yig‘ladim. Lekin bu safar og‘riqdan emas. Tushunishdan. Sen meni tark etmaganingni, faqat men seni ko‘rishni to‘xtatganimni his qildim. Va ertasi kuni men turmushga chiqdim. Lekin ichimda sen ham bor eding. Men buni birinchi marta qabul qilgandim.
- 5Onalik soyasidagi nurTurmush hayoti avvaliga menga g‘alati tuyuldi. Hammasi bor edi: uy, mas’uliyat, yonimdagi inson, yangi hayot tartibi. Lekin baribir ichimda o‘rganmagan sokinlik yashardi. Go‘yo men yangi dunyoga kirgan, lekin eski o‘zimni ham olib kelgan edim. Avvaliga hamma narsa oddiy ketdi. Kunlar bir-biriga ulanib, odatiy hayot oqimiga tushib bordi. Ertalab turish, ishlar, uy yumushlari, kechqurun charchoq… Lekin keyin men o‘zgara boshladim. Ichimda g‘alati hislar paydo bo‘ldi. Ba’zan hech sababsiz yig‘lagim kelardi. Ba’zan esa birdan ichimda sokin quvonch paydo bo‘lardi. Men buni tushunmasdim. Keyin hayot menga eng katta yangilikni berdi. Homiladorlik. Bu so‘z birinchi eshitilganda, ichimda ham qo‘rquv, ham hayrat uyg‘ondi. Men o‘zimni hali ham to‘liq tayyor emasdek his qilardim. Go‘yo ichimda hali ulg‘aymagan qizaloq ham yashardi. Shifokor: — Siz ona bo‘lasiz, — deganida, men bir lahza jim qoldim. Bu oddiy gap emas edi. Bu butun hayotimning o‘zgarishi edi. Uyga qaytganimda uzoq o‘yladim. Ko‘zguga qaradim. O‘sha qiz yana qarshimda turardi. Lekin bu safar uning ko‘zlari boshqacha edi. Unda qo‘rquv bilan birga… hayrat ham bor edi. Men qo‘limni qornimga qo‘ydim. Va o‘sha lahzada seni his qildim. Avvalgidek emas. Yanada sokinroq. Yanada yaqinroq. — Sen shu yerdasanmi? — dedim past ovozda. Javob darhol keldi. — Men hech qachon ketmaganman. Ko‘zlarim yoshlanib ketdi. — Men qo‘rqyapman… Sen sekin paydo bo‘lding. Bu safar sen bolalikdagi qizaloq emas eding. Sen yorug‘likka o‘xsharding. — Nega qo‘rqyapsan? — deding muloyim ovozda. — Men yaxshi ona bo‘la olamanmi? Sen jilmayding. — Sen allaqachon onasan. Faqat endi buni his qilishing kerak. O‘sha payt ichimdagi qo‘rquv biroz kamaydi. Lekin hayot sinovlarni davom ettirardi. Homiladorlik oson kechmadi. Ba’zan charchoq meni yengib qo‘yardi. Ba’zan ichimda tushunarsiz og‘irlik bo‘lardi. Shunda sen yana paydo bo‘larding. Ertalab, kechasi, hatto yig‘lab o‘tirgan paytlarimda ham. — Nafas ol, — derding. — Hammasi yaxshi bo‘ladi. Men esa seni eshitib tinchlanardim. Go‘yo butun dunyo jim bo‘lib qolardi. Bir kuni kechasi uyg‘onib ketdim. Hamma joy jim. Yonimda erim uxlayotgan edi. Men esa uxlay olmay o‘tirardim. Qorong‘ulik og‘ir edi. Shunda sen juda yaqin paydo bo‘lding. — Nega uyg‘oqsan? — deding. — Qo‘rqyapman. — Nima uchun? Men jim qoldim. Keyin sekin dedim: — Men hamma narsani yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqyapman. Sen menga qarading. — Hech narsa yo‘qolmaydi. Faqat shaklini o‘zgartiradi. Men tushunmadim. Sen davom etding: — Men bolaligida sen bilan o‘ynagan edim. Keyin sen meni unutding. Keyin meni sevish va qo‘rqish orasida yana topding. Endi esa men sening ichingda yashayapman. Ko‘zlarim to‘ldi. — Sen… kimsan aslida? Sen jilmayding. — Men sening unutmagan qismingman. O‘sha kecha men birinchi marta seni qo‘rqinch emas, taskin sifatida qabul qildim. Vaqt o‘tdi. Qornim kattalashdi. Ichimda yangi hayot o‘sardi. Har harakat, har tebranish meni hayratga solar edi. Men esa har safar qo‘limni qornimga qo‘yganimda seni his qilardim. Go‘yo sen ham bu kichik yurakni kuzatib turgandek. Va men asta-sekin tushuna boshladim… Sen hech qachon mening tashqarimda bo‘lmagansan. Sen doim ichimda yashagansan.
- 6Tug'ilish va sukutO‘sha kun kelishini hamma aytgan, lekin hech kim uning qanday bo‘lishini tushuntira olmagan. Men esa ichimda ham qo‘rquv, ham hayrat bilan shu lahzani kutardim. Tun og‘ir edi. Hamma narsa tezlashgandek, vaqt esa bir paytning o‘zida ham yugurayotgandek, ham to‘xtab qolgandek edi. Men og‘riq ichida edim. Lekin bu og‘riq oddiy emas edi — u hayotga olib kiruvchi og‘riq edi. Yonimdagilar harakatda edi. Men esa faqat ichimdagi bir narsaga yopishib olgandim. Nafas. Va sen. — Men shu yerdaman… — deding juda past ovozda. Ko‘zlarim yoshga to‘ldi. — Ketma… — Men ketmayman, — deding. Og‘riq kuchaygan sari sen yanada aniqroq bo‘lib borarding. Go‘yo sen meni ushlab turgandek eding. — Nafas ol, — derding. — Yana biroz. Men chiday olmayotgandek edim. Lekin sen bor eding. Shu yetardi. Va keyin… Hamma narsa jim bo‘lib qoldi. Bir lahzaga. Faqat bir lahza. Keyin chaqaloqning yig‘isi eshitildi. Dunyo o‘zgardi. Men ona bo‘ldim. Ko‘zlarimdan yosh oqdi. Charchoq, og‘riq, qo‘rquv — hammasi birdan erib ketgandek bo‘ldi. Bolamni qo‘limga berishdi. Men unga qaradim. Va ichimda bir narsani sezdim… Sukut. Sen yo‘q eding. Men hayron bo‘ldim. Atrofga qaradim. — Nurligim? — dedim past ovozda. Javob yo‘q. Men yana chaqirdim. — Sen qayerdasan?.. Jimlik. Birinchi marta sen kelmading. Ko‘nglimda g‘alati bo‘shliq paydo bo‘ldi. Lekin shu bo‘shliq og‘riqli emas edi. Boshqacha edi. Tinch edi. Bolamni bag‘rimga bosdim. Va birdan ichimda bir fikr paydo bo‘ldi: “Balki sen ketmagandirsan… balki vazifang tugagandir.” Ko‘zlarimni yumdim. Va esladim. Bolaligimni. Tut daraxtini. Yomg‘irni. Seni. Sen hech qachon haqiqiy odam bo‘lmagansan. Sen mening qo‘rquvlarim, yolg‘izliklarim, quvonchim va ishonchimdan tug‘ilganding. Sen men bilan birga ulg‘ayganding. Va endi… Men ham seni “katta qilib qo‘ygandim”. Sen meni bolalikda asraganding. Yoshlikda yo‘qotmaganding. Yolg‘izlikda yonimda bo‘lganding. Onalikda meni ushlab turganding. Va endi… Men seni o‘zimning ichimda to‘liq his qildim. Men bolamga qaradim. Va ilk bor chin dildan tabassum qildim. Chunki men tushundim: Sen hech qachon yo‘q bo‘lmagansan. Sen men eding. Va men — sen edim. Endi esa… men o‘zim bo‘lishni o‘rganyapman.
- 7Sen hech qachon ketmagandingFarzandimni qo‘limga olgan o‘sha kundan keyin hayot jimlashdi. Avvallari ichimda doim bir ovoz bor edi. Ba’zan quvontirardi, ba’zan ogohlantirardi, ba’zan esa faqat yonimda turib jim qarab qolardi. Men uni “sen” deb atardim. Endi esa u ovoz yo‘q edi. Birinchi kunlar g‘alati o‘tdi. Men har safar yolg‘iz qolganimda seni chaqirgandek bo‘lardim: — Nurligim?.. Lekin javob kelmasdi. Avvaliga qo‘rqdim. Keyin sog‘indim. Keyin esa asta-sekin tushuna boshladim. Sen yo‘qolmaganding. Faqat men seni tashqarida qidirishni to‘xtatishim kerak edi. Bir kuni ertalab bolamni bag‘rimga bosib oynaga qaradim. Charchagan ko‘zlarim, lekin tinch yuz. Men o‘zimni birinchi marta boshqacha ko‘rdim. Go‘yo ichimdagi urush tugagan edi. Shunda juda uzoqdan emas, juda yaqindan bir fikr keldi: “Sen butun umr o‘zing bilan gaplashgansan.” Men jim qoldim. Va esladim. Bolaligimni. Tut daraxtini. O‘sha qizni. O‘sha “Nurligim”ni. U hech qachon mendan tashqarida bo‘lmagan. U men qo‘rqqanimda meni himoya qilgan qismim edi. Men yolg‘iz bo‘lganimda meni tinchlantirgan qismim edi. Men o‘sganimda yo‘qolganimni his qilganimda meni kutib turgan umid edi. Va men sevgan, yig‘lagan, yashagan hamma lahzalarning ichida u bor edi. Men bolamga qaradim. Uning beg‘ubor ko‘zlarida xuddi o‘sha nur bor edi. Men sekin jilmaydim. — Endi men seni unda ko‘ryapman, — dedim past ovozda. Shu payt ichimda bir iliqlik tarqaldi. Endi ovoz yo‘q edi. Lekin bo‘shliq ham yo‘q edi. Faqat tinchlik bor edi. Men tut daraxtini esladim. Endi u ham boshqa edi. Chunki men o‘zgargandim. Men endi bolaligini yo‘qotgan qiz emas edim. Men o‘z ichidagi bolaligini saqlab qolgan ayol edim. Va men tushundim: “Sen hech qachon ketmaganding. Men seni faqat ko‘rish usulimni o‘zgartirdim.” Ko‘zlarimni yumdim. Va birinchi marta og‘riqsiz esladim. Bolaligimni ham. Seni ham. O‘zimni ham. Va ichimda sokin bir ovoz shivirlagandek bo‘ldi: — Men shu yerdaman. Bu safar men javob bermadim. Chunki endi bilardim… javob kerak emas edi.
More Fantasy stories
Browse all Fantasy →- The Echo of Unfolded Stars
A book that talks about all the fairytales and magical beast ,kingdoms powers and what goes beyond that and more with a twist of romance and adventure. They all unvail in this series of echo of unfolded stars
- Agnes horde
In the small town of riverband,  All has been peaceful for 200 years, but recently mythical beasts have been waking up from their slumbers, and one is the ferocious dragon Agnes, who’s started attacking the town. Gage along with his brother Bowen decide that they want to put a stop to it, and gather a group of six people to go slay the beast. Gage and Bowen, gauges love interest, Hope, Bowen’s girlfriend Lyra, the mysterious boy Keal, and the seasoned warrior Roric. Along the way, Gage’s feelings, for Hope grows and grows, until he finally seeks council with his brother and Lyra for advice. towards the end of the journey, Hope starts showing signs that she might feel the same way, and Keal starts acting a little suspicious. They face off against the goblin ambush and while they are weakened, Keal kills Roric, and Keal reveals that he has had a irresistible urge for vengeance ever since Roric failed to protect him and his family from a dragon attack. They fight and Bowen manages to kill him. They arrive at the dragons den and face off against the beast. With a little teamwork from Gage and Hope, the dragon is defeated. Gage confesses his feelings to her and she admits she feels the same way, and then they kiss. This is a world without magic. The chapters will not be longer than 1500 words, and keep the story moving, don’t just repeat the same scene over and over in each chapter.
- Where Magic Meets the Soul
In a vibrant town where magic twinkled in the air, a young woman named Lila roamed the enchanted forest. One day, while chasing the shimmering light of a fairy, she stumbled upon a secluded glade. There, she found two young men, Elias and Theo, sharing a moment of pure love under the branches of a great oak tree. Lila felt like an intruder, but she couldn’t help but watch as the two laughed and whispered sweetly to each other. The sparkles of love surrounded them like a warm glow. However, she noticed a flicker of worry in Elias’ eyes. After a while, Lila decided to approach them. “Hi, I’m Lila,” she said, her voice soft. The young men jumped, surprised, but then relaxed when they saw her friendly smile. “Um, hi,” Theo said, his cheeks a bit red. “We didn’t expect anyone to find us here.” Lila sensed that there was something deeper. “You don’t have to worry,” she said gently. “Your secret is safe with me.” Elias looked relieved but still unsure. “It’s just… we’re scared to let anyone know about us. It feels so right, but the world can be harsh.” Lila nodded, understanding the fear of judgment. She wanted to help them, to capture their love in a way that they could cherish forever. “What if I take some photos of you both?” she suggested. “You could keep them as a memory, something beautiful that’s just for you.” With a shy smile, the two young men agreed. Lila pulled out her enchanted camera, which could capture more than just images. It could catch the essence of love. She began taking photos, capturing the playful smiles, soft touches, and sweet kisses. The forest glittered around them as they twirled and laughed. As the sun dipped lower in the sky, Lila suggested some steamy photos. At first, Elias hesitated, but with a reassuring nudge from Theo, they found themselves in a moment of passion. Lila clicked the camera, ensuring it captured their love in all its forms. When they finished, the glade felt like a secret world just for them. “These will be our treasures,” Elias said, looking at Lila with gratitude. “Promise not to tell anyone?” Theo asked softly. “Not a word,” Lila promised, smiling. With hearts full of joy, the young men thanked her, knowing their love was safe, if only in this magical moment.After finding the young men having a romantic and very intimate secret moment she talks to young love2 and learns that he is scared to let anyone know about his gay lover she takes several steamy photos some cutesy photos and some sex photos of the young couple in love for them to enjoy and promises not to tell anyone
- The Whispering Labyrinth of Truth
To my mom
- The Ecology of Monsters:
📖 Complete Chapter Outline Part 1: The Inciting Incident & Arrival (Chapters 1–4) Chapter 1: Kale accidentally burns the orphanage kitchen trying to help. The malevolent entity forces him to slap the adult in charge, sealing his exile. Chapter 2: Kale's emotional breakdown shatters his attic room. A wild Chupacabra attacks, and the entity slays it. Trappers apprehend Kale and wipe the town’s memories of him. Chapter 3: En route to the Assessment Facility, Trappers explain wild predator ecology. In the arena, Kale is pinned by a 12-foot iron construct; the entity awakens and implodes it, earning him elite academy placement. Chapter 4: Registration: The scanner pinpoints Kale’s trigger (fear + self-doubt). Rumors circulate about Rowan’s Split status. Welcome: Rowan fiercely snaps back at the Vice Principal's bigotry. Tour: Julian gives a snubby tour of the Great Hall, Lecture Hall, Infinite Courtyard, and Sanctuary of Spells. Vault: The Headmaster explains the Goblin-Soul Hybrid crafter. Rowan binds with The Foot, Julian sneers at artifacts, and a panicked Kale refuses one. Suites: Bella invites the stranded Kale and Rowan into her suite, staring down Julian when he protests. Part 2: Academy Life & The Rising Threat (Chapters 5–17) Chapter 5: Arsenal & Combat Prep Rowan tests The Foot alongside his small shock-beasts, demonstrating his flexible pressure-point style. Rowan’s Crystal Projection Necklace (scout ability with severe cooldowns and physical body vulnerability) and his Multi-Class Tome are established. Chapters 6–8: Classes & Creature Ecology The trio navigates rigorous creature biology lectures and hands-on sparring. Tensions grow between Julian and the suite while Kale struggles to keep his self-doubt under control to avoid triggering the entity. Chapters 9–12: The Shadow Threat Begins Encounters with Umbrals (pitch-black shadow entities that mold into weapons and bow to a hive-mind King/Queen). Rowan uses his projection necklace for reconnaissance, discovering strange shadow movements near the vault. Chapters 13–15: Novalis’s Scheme Unfolds Novalis’s influence through Kale deepens as the dark wizard orchestrates an infiltration to steal the academy's ancient Time Relic. Familiars enter the fray to assist the group during sudden nighttime skirmishes. Chapters 16–17: The Siege & Temporal Fracture Novalis initiates a full-scale Umbral attack on the academy vault to claim the Time Relic. The trio fights alongside their familiars and artifacts in a desperate defense. The Climax: The Time Relic is struck during the high-stakes clash, causing a catastrophic temporal fracture that shatters time itself and concludes Book 1!
- Where the World Ends and the Forest Begins
Se trata de un bosque que termina en el fin del mundo pero fin del mundo comienza pero con complicaciones y medidas drásticas contra las mujeres y hombres
Want to write a story like this?
Learn the craft in our free writing guides, then draft your first chapter with an AI co-writer.
